«O`ZBEKTURIZM» milliy kompaniyasi

sayt haritasi qidirish

Matbuot markazi

Markaziy saylov komissiyasida

31-äåêàáð, 2009, ïàéøàíáà êóíè, Óòêàí éèë

30 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo’lib o’tdi. Majlisni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.
Majlisda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining dastlabki yakunlari va ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishni o’tkazish to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi saylov milliy qonunchiligimizda mustahkamlab qo’yilgan demokratik tamoyillar asosida ochiq va oshkora o’tganligini, unda saylovchilar faol qatnashgani va xalqaro kuzatuvchilar o’z faoliyatini olib borishi uchun barcha shart-sharoit yaratilganini ta’kidladi.
Mavjud 135 ta saylov okrugining 96 tasida parlament quyi palatasiga deputatlar saylandi. 39 ta saylov okrugida nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bo’lgan ovozlarni to’play olmadi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi qonunning 45-moddasi, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo’yicha ayrim okruglarda takroriy ovoz berishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Okrug saylov komissiyalari tomonidan ham bu borada tegishli qarorlar qabul qilindi.
Markaziy saylov komissiyasining okrug saylov komissiyalarining bayonnomalariga asoslangan qaroriga binoan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi 39 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 2010 yilning 10 yanvarida o’tkaziladi.
Saylov qonunchiligiga binoan takroriy ovoz berish asosiy saylov davrida saylovchilarning eng ko’p ovozlarini olgan ikki nafar nomzod bo’yicha o’tkaziladi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko’proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish ochiq va oshkora o’tkaziladi. Tegishli okruglarda deputatlikka nomzodlar saylovoldi tashviqotini olib borishi va shu maqsadda ommaviy axborot vositalaridan Markaziy saylov komissiyasi belgilagan tartibda foydalanishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi bo’yicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish yuzasidan tadbirlar dasturini tasdiqladi.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi.